05 may 10:23
Yangiliklar
Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz Jahon chempionatida ilk oltin medallariga ega chiqishdi
Peru davlatida davom etayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun omadli keldi.
O'smirlar o'rtasida kechgan bellashuvlarda Mohinur Esonboeva (+81 kg) hamda Alisher Osmanov (-102 kg) 3 ta oltin medalga sazovor bo'lishdi. Esonboeva siltab ko'tarish va ikki kurash, Osmanov esa dast ko'tarish mashqida tengsiz ekanliklarini ko'rsatishdi.
Oltin medallar:
+81 kg: Mohinur Esonboeva (o'smirlar, siltab ko'tarish)
+81 kg: Mohinur Esonboeva (o'smirlar, ikki kurash)
-102 kg: Alisher Osmanov (o'smirlar, dast ko'tarish)
Kumush medallar:
+81 kg: Mohinur Esonboeva (o'smirlar, dast ko'tarish)
-102 kg: Alisher Osmanov (o'smirlar, siltab ko'tarish)
-102 kg: Alisher Osmanov (o'smirlar, ikki kurash)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar