So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

21 dek 12:39
Yangiliklar

Futbol

2021 yilgi Superligada nechta jamoa ishtirok etadi? Diyor Imomxo'jaev yakuniy javobni aytdi

Futbol muxlislari o'rtasida shu savol ko'tarilishiga sababchi bo'lgan insonlar oramizda bor ekan, rivojlanish bo'lmaydi.

Quyidagi fikrlarni yaxshilab o'qib chiqishingizni va shu savol qiynayotgan insonlarga tarqatishingizni so'rayman.

28 noyabr kuni O'FA Ijroqo'mi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda O'zPFL vakilining Superligada 14 ta, Proligada 10 ta klub ishtirok etishi borsidagi taklifi tasdiqlandi. "Aral" klubining istisno tariqasida Pro-ligada ishtirok etishiga hamma bir ovozdan rozi bo'ldi. Yig'ilishda O'FA prezidenti va Ijroqo'm azolari ishtirok etdi. Keyinchalik O'FA prezidentining topshirig'i bilan Murat Kamalov hamda Dilmurod Nabiev bilan shaxsan suhbatlashdik. Bu insonlarning barchasi Prezident tashabbusi to'la qo'llab-quvvatlanishi va albatta FIFA talablari hurmat qilinishini malum qilishdi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan materialda Superliga so'zi allaqachon Proliga qilib o'zgartirilgan. Biz hech bo'lmasa Superliga va Proliga o'rtasidagi sport principlarini hurmat qilishimiz kerak.

Bugungi voqealar fonida "Neftchi" muxlislarida ko'plab savollar paydo bo'lgani rost. Biz "Neftchi" klubini hurmat qilamiz, uning shonli tarixi haqida yaxshi tasavvurga egamiz. Va umid qilamizki, uning bugungi muxlislari ham Superligaga mard bo'lib, sport principi bilan chiqishni afzal bilishadi. O'z uyida ketma-ket uch o'yinni boy bergan klubning Superligada paydo bo'lib qolishi O'zPFL olib borgan shuncha mehnatni bir pul qilibgina qolmay, hammaning kulgusiga ham sabab bo'ladi.

Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidur. 2017 yil "Neftchi" Oliy ligada 15-o'rinni egalladi, ammo Superligada olib qolindi (qaytaga "Mashal" Superligadan tushirib yuborildi). Bugunimiz aniq ko'rsatib turibdiki, bundan "Neftchi" hech qanday xulosa chiqarmagan, o'z mehnatlari bilan elitaga qaytgan "Mashal" esa bugun undan yaxshiroq holatda. Biz mana shu saboqni unutmasligimiz kerak.

Ha, aytgancha, Superliga ishtirokchilari sonining 16 taga etkazilishi borasidagi intriga menga ikki yil avvalgi holatni eslatyapti. O'shanda ikki klub suniy ravishda Superligaga qo'shildi. Ammo bu na "Dinamo"ga foyda keltirdi va na "Surxon"ga. Biz bu kabi ishlarga to'la qarshimiz. Masalaning qiziq tarafi shundaki, o'shanda ham mish-mishlar Surxon ortida turgan murabbiy sabab bolalagandi. Bugun o'sha mutaxassis Farg'onada paydo bo'lib, ishni yana intrigadan boshlamoqchi ko'rinadi. Biz Xayrulla Bozorov bilan suhbatda "Neftchi"ni rivojlantirish masalasini muhokama qildik. Men bu insonga ishonaman va umid qilamanki, hammasi tabiiy jarayon bilan ro'y beradi. "Neftchi"ning uzoq tanaffusdan keyin Istiqlolga qaytganiyoq shuning debochasi edi. Diskvalifikaciyadan qaytayotganlar esa aql-xushlarini yig'ib, halol mehnat bilan "Neftchi"ni Superligaga olib chiqishadi deb umid bildiraman. Buyog'iga ularga omad tilaymiz.

2021 yilgi mavsum Superligada 14 ta klub ishtirok etadi!", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing