24 iyu 09:13
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston boks terma jamoasi Qozog'istonda bo'ladigan Jahon kubogida ishtirok etmaydi - manba
30 iyundan 7 iyulga qadar Qozog'istonning Ostona shahrida o'tkaziladigan Jahon kubogida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ishtirok etmaydi.
Bu haqda Qozog'iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov malum qildi.
"O'zbekiston terma jamoasi dastlab ishtirok etish uchun ro'yxat taqdim etgan edi. Lekin oradan bir-ikki hafta o'tib, musobaqaga kelmasliklarini aytishdi. Ostonadagi musobaqada jahon chempionlari, Olimpiada g'olib va sovrindorlari, Osiyo chempionlari ishtirok etadi. Musobaqa darajasi juda yuqori bo'ladi, degan umiddaman", — dedi bosh murabbiy.
Avvalroq, Olamsport.com O'zbekiston boks federaciyasiga tayanib, Jahon kubogida ishtirok etishimiz haqida xabar bergandi.
Havola :
Manba : BoxerTV
Fikrlar