So’nggi yangiliklar

17:29UFC Abu-Dhabi. Ўзбекистонлик спортчи жанг қиладиган турнир карди билан танишинг 0 17:06Таэквондочиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишяпти 0 16:43Чемпионлик камарига Шаҳрам Ғиёсов даъвогарлик қилаётган Роландо Ромеро Пакьяо билан жанг қилиши мумкин 0 16:20"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди 0 16:18Абдураҳим Нутфуллоев Ulaanbaatar Grand Slam 2025 чемпиони! 0 15:59Мераб Двалишвили: "Россия ва Грузия рақобати спортдан ҳам каттароқ нарса. Доимо" 0 15:37Эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича U-17 Жаҳон чемпионати учун таркибларимиз аниқ 0 15:15Барча жанглар ўз кучида! UFC Абу-Даби турнири иштирокчилари вазн ўлчаш маросимидан ўтишди 0 14:52"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди 0 14:31UAE Warriors 62. Чемпион Бойназаровда ғалаба, Боймирзаевдачи? 0 14:08Қиличбоз Муса Аймуратов Жаҳон чемпионати саралашидан ўтиб олди 0 13:47Ёзги Универсиада: Бугундан академик эшкак эшувчиларимиз баҳсларга киришяпти (Тўлиқ рўйхат) 0 13:26Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди 0 13:03Эдди Хирн: "Усик фаолиятини якунлаши керак" 0 12:39Богдан Гусков вазн ўлчаш маросимидан ўтиб олди, эртага жанг! 0

02 fev 19:39
Yangiliklar

Dzyudo

Andijon viloyati dzyudosi istiqbollari muhokama qilindi

O'tgan hafta O'zbekiston dzyudo federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi o'tkazilib, unda federaciyaning Sirdaryo va Andijon viloyati bo'limlariga rais saylangandi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov Andijon viloyati dzyudosiga rahbar etib saylangan Sardorbek Rahmonov bilan ZOOM platformasida tashkil etilgan onlayn muloqotda istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashdi. Sardorbek Rahmonov Andijon viloyati hokimligining moliya bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimida ham faoliyat yuritadi.  

"Andijon viloyati dzyudosida tez orada o'zgarishlar bo'lishiga ishonamiz. Biz birgalikda viloyat dzyudosini yangi bosqichga olib chiqish uchun harakat qilamiz. Hali Andijondan ham terma jamoaga nomzod dzyudochilar etishib chiqadi. Bir narsani unutmaylik, terma jamoaning kuchli bo'lishi aynan hududlarga bog'liq. Istedodlar hamisha bo'lgan, faqat ularga o'z vaqtida etibor berib, kerakli sharoitlarni qilib berishimiz kerak", - dedi A.Kamilov. 

O'z o'rnida Sardorbek Rahmonov Andijon viloyati dzyudosini yangi bosqichga ko'tarish uchun say-harakatlar boshlab yuborilgani, birinchi navbatda moddiy-texnik bazani yaxshilash, dzyudochilar yaxshi sharoitlarni yaratish, viloyatda selekciya jarayonini kuchaytirish, ichki musobaqalarni ko'proq o'tkazish masalalariga etibor qaratilishini takidladi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing