25 iyu 14:08
Yangiliklar
Qilichbozlik

Qilichboz Musa Aymuratov Jahon chempionati saralashidan o'tib oldi
SHu kunlarda Gruziyaning Tbilisi shahrida qilichbozlik bo'yicha kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligi o'tkazilmoqda.
MOQ matbuot xizmatining malum qilishicha, bugun O'zbekiston terma jamoasi azolari shpaga va sablya dasturlarida bahs olib borishadi.
Kechagi bellashuvlar davomida sablya yo'nalishidagi erkaklar saralash bahslarida Musa Aymuratov muvaffaqiyatli qatnashib, medallar uchun kurashni davom ettirish imkoniga ega chiqqan. Bugun u ishtirokini 1/32 finalda franciyalik Maksim Pyanfettiga qarshi boshlaydi.
SHuningdek, shpagachi qizlarimiz jamoaviy dasturda o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Ular 1/16 finalda SHveycariyaga qarshi bahs o'tkazishi ko'zda tutilgan.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar