25 iyu 13:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: "Usik faoliyatini yakunlashi kerak"
Promouter Eddi Xirn prof boksning super og'ir vaznida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"U yana nima qilishi kerak? Nafaqaga chiqishi kerak. Dyubuaga qarshi ajoyib jang bo'ldi. Qilayotgan ishi yoqsa, unga omad, davom etaversin. Ammo yana nima qoldi?
Men uni mag'lub eta oladigan odamni ko'rmayapman. Usik vazn toifasidan qati nazar, dunyoda birinchi o'rinda turadi. U hammadan ustun turadi. O'z avlodining ajoyib jangchisi", dedi Xirn.
19 iyul kuni Aleksandr Usik Daniel Dyubuani nokautga uchratib, g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar