25 iyu 16:18
Yangiliklar
Dzyudo

Abdurahim Nutfulloev Ulaanbaatar Grand Slam 2025 chempioni!
Hal qiluvchi final bellashuvida yoshlik shijoati tajribadan ustun kelib, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari sovrindori mag'lub etildi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nutfulloev Mo'g'ulistonda o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turniri chempioniga aylandi. U 8 daqiqadan sal ko'proq davom etgan hal qiluvchi final bellashuvida moldovalik tajribali raqib, Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Denis Vieruni mag'lubiyatga uchratdi.
Abdurahim Nutfulloev oltin medal bilan birga jahon reytingiga beriladigan qimmatli 1000 ochkoni ham qo'lga kiritdi. Bu Abdurahimning faoliyatidagi ikkinchi "Katta Dubulg'a" musobaqasi medali bo'ldi. Nutfulloev shu yil mart oyida Tbilisi Grand Slam 2025 turnirida bronza medaliga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar