25 iyu 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Bogdan Guskov vazn o'lchash marosimidan o'tib oldi, ertaga jang!
Ertaga Abu-Dabi (BAA) shahrida UFC on ABC 9 turniri tashkil etiladi.
Musobaqa doirasida Nikita Krilovga qarshi bahs olib boruvchi hamyurtimiz Bogdan Guskov bugun vazn o'lchash marosimida ishtirok etib, belgilangan meyorni bajardi:
Bogdan Guskov — 93 kg
Nikita Krilov — 93 kg
Aralash yakkakurash ustamiz ishtirokidagi jang ertaga bizning vaqt bilan soat 23:30 dan keyin boshlanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, aslida Ramazon Temirov bilan jang qilishi belgilangan, biroq raqibi o'zgargan qozog'istonlik Asu Almabaev ham jangga tayyor. U va uning perulik raqibi ham tarozidan muvaffaqiyatli o'tib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar