So’nggi yangiliklar

11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0

22 dek 17:18
Yangiliklar

Boshqalar

Andijonda sport bayrami davom etadi

Teglar :  AndijonMMA
Andijon viloyatida so'ngi yillarda sportning yakkakurash turlari, jumladan, MMA (aralash jang sanati) sport turi tobora ommaviylashib bormoqda.

MMA bo'yicha avvalgi yilda andijonlik sportchilar tomonidan qayd etilgan yuqori natijalar esa so'zimiz isboti bo'la oladi.

Qolaversa, mamlakatimizda rasmiy maqomga ega bo'lgan MMA sport turiga etibor qaratish ishlariga SHahrixon tumanida birinchilardan bo'lib MMA sport maktabi ishga tushirilgan edi.

Andijon shahridagi «O'zbegim» mahallasi hududida tadbirkor va murabbiy hisoblangan Jahongir Asranov tomonidan, bo'sh turgan bino zamonaviy ko'rinishdagi MMA maktabi sifatida qayta qurib bitkazildi.

Kuni kecha ushbu sport maktabining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Ochilish marosimida mahalla faollari, keksalar hamda mazkur sport turiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdilar.

SHuningdek, sportning qo'l jangi turi bo'yicha Andijon shahridagi sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining yopiq tennis kortida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va yoshlar o'rtasida Andijon viloyati hokimi kubogi musobaqasi o'tkazildi.

Ushbu musobaqada 16-17 yoshdagi 120 nafardan ortiq ishtirokchilar 10 vazn toifasida (8 ta jamoa), 18 yoshdan kattalar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari esa 9 vaznda musobaqada ishtirok etdilar.

G'oliblar tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan esdalik nishon, diplom, medal hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing