15 iyu 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Oktagon chempioniga aylanganidan keyin nimalar dedi?
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Mahmud Muradov bugun Oktagon 72 turnirida jang qilib, g'alabaga erishdi.
Hamyurtimiz musobaqa doirasida chexiyalik Patrik Kinsllni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etib, o'rta vazn toifasida Oktagon MMA Ligasining vaqtinchalik chempionlik unvoniga ega chiqdi.
"Hammaga salom. Bir gap aytmoqchiman: Allohga shukur, barchaga rahmat. Bu kamarni birgalikda qo'lga kiritdik. Xudo xohlasa, ishlashda davom etamiz va bundan keyin yanada kattaroq Ligalarning kamarlarini qo'lga kiritamiz. Barchaga rahmat. Kamar uyda. Qon yo'q. O'zimni yaxshi his qilyapman", deb yozdi Muradov Instagram'dagi rasmiy sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar