13 iyu 18:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov ertangi jangi oldidan tajribali raqibi bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)
Ertaga CHexiyaning Praga shahrida MMA bo'yicha Oktagon 72 turniri o'tkaziladi.
Xabar berganimizdek, musobaqaning ikkinchi asosiy bellashuvi o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mahmud Muradov hamda CHexiya vakili Patrik Kinsll o'rtasida kechadi. Jang o'rta vazn toifasida Oktagon Interim chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Sportchilar turnir oldidan rasmiy face to face marosimida ishtirok etishdi.
Malumot uchun, 35 yoshli Mahmud Muradov faoliyati davomida hozirga qadar 36 ta jang o'tkazib, 28 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz bilan tengdosh Patrik Kinsll hisobida esa 28 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar