So’nggi yangiliklar

17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0 14:08UFC рейтинги янгиланди: Хамзат Чимаев илк бор P4P рейтингида! 0 13:47UzChess Cup. Бугун Нодирбеклар ўзаро ўйнайди, 6-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 13:26Дана Уайт Канело — Кроуфорд жанги UFC Noche турнирига ҳалақит берадими деган саволга жавоб берди 0 13:05Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 2 та чорак финалчи аниқланади 0 12:44Классик курашчиларимиз Осиё чемпионатини 7 та медаль билан бошлашди + ФОТО 0 12:23Octagon 75: Чипталар қанчадан сотиляпти? 0 12:02UzChess Cup. Абдусатторов ва Синдаровда ғалаба, 5-турнинг барча натижалари битта хабарда 0

11 dek 07:44
Yangiliklar

Tadbirlar

Angrenda uch ming nafardan ziyod aholi sog'lom hayot uchun 5 000 qadam bosib o'tdi

2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida“gi Prezident Farmoni ijrosini taminlash maqsadida joylarda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Angren shahrida «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy sport tadbiri tashkil etildi. Unda shahar hokimligi, IIB, Milliy gvardiya, DXX xodimlari, shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi, xalq talimi bo'limi, Angren shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi, shuningdek harbiy qism xizmatchilari faol ishtirok etdi. 

Umuman olganda, mazkur tadbirda uch ming nafardan ziyod ko'ngillilar qatnashdi. Jismoniy va manaviy sog'lomlikning asosi bo'lgan bu kabi tadbirlar aholi orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.


Loyiha doirasida «Milliy armiyamiz – jasorat maktabidir!» shiori ostida Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism tomonidan zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko'rgazmalari tashkil etildi.

Milliy armiyamizning jangovar texnikalari bilan birga zamonaviy qurol-aslahalari hamda harbiy xizmatchilarning qo'l jangi bo'yicha mashg'ulotlari va ko'rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Bayramona ruhda o'tgan marafon so'ngida CHirchiq garnizoni manaviyat va marifat markaziga qarashli ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar barchani xushnud etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing