So’nggi yangiliklar

17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0 14:08UFC рейтинги янгиланди: Хамзат Чимаев илк бор P4P рейтингида! 0 13:47UzChess Cup. Бугун Нодирбеклар ўзаро ўйнайди, 6-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 13:26Дана Уайт Канело — Кроуфорд жанги UFC Noche турнирига ҳалақит берадими деган саволга жавоб берди 0 13:05Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 2 та чорак финалчи аниқланади 0 12:44Классик курашчиларимиз Осиё чемпионатини 7 та медаль билан бошлашди + ФОТО 0

15 dek 07:48
Yangiliklar

Boshqalar

Angrenda uyushmagan yoshlar o'rtasida eng kuchlilar saralandi

Mamlakatimizda sog'lom hayot, salomatlikni saqlash va mustahkamlash bilan bog'liq islohotlarning tatbiq etilishi inson turmush tarzining yanada yaxshilanishiga muhim omil bo'ldi.

Endilikda respublikaning har bir hududida sog'lom turmush tarzining tatbiq etilishiga oid tadbirlar ko'lami yanada kengaydi.

Xususan, kecha Toshkent viloyati Angren shahridagi “Empire Fitness” fitnes klubida noananaviy tarzda musobaqa tashkil etildi. Unda og'ir atletika turi bo'yicha aholi qatlamining uyushmagan yoshlari, yani 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yigitlar kuch sinashdilar.

Angren shahar hokimligi, Bolalar-o'smirlar sport maktabi, Jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda xususiy tadbirkor Yashin Noralievlar tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan bahslarda fitnes klubining 55 nafar azosi o'zaro bellashdilar. Bahslarning ochilish va taqdirlash marosimida bag'ishlangan tadbirda shahar hokimi SHukurulla Mahmudov, Jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda jamoat va davlat tashkilotlari vakillari qatnashdilar.

Tadbirda so'z olganlar ayni paytda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan aholi salomatligini mustahkamlash va sog'lom hayot tarzini yanada takomillashtirish borasidagi islohotlar va joylardagi keng ko'lamli tadbirlar xususida fikr bildirdilar.

Musobaqa natijalariga ko'ra, o'z vazn toifalarida o'smirlar o'rtasida birinchi o'rin X.Sultonqulov («Do'stlik» MFY)ga nasib qildi. Ushbu yo'nalishda A.Hoshimov (CHotqol« MFY) ikkinchi o'rinni, D.To'xtasinov (»Karvon") esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Kattalar o'rtasidagi qizg'in bahslarda SH.Azimov («Taraqqiyot» MFY) 1-o'ringa sazovor bo'ldi. Bellashuvlarda faol qatnashgan R.Xudoyberganov ikkinchi, («Navro'z-1» MFY), B.Ahmedov («Navbahor» MFY) uchinchi o'rinlarni band etishdi.

G'oliblarni shahar hokimi SH.Mahmudov esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing