23 iyu 18:28
Yangiliklar
Gimnastika

Badiiy gimnastikachilarimiz Jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilishdi
18-22 iyun kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham shohsupaga ko'tarilishdi.
Qiziqarli bahslar yakunida qizlarimiz jamoaviy yo'nalishda bronza medallariga ega chiqdilar. Hamyurtlarimiz musobaqa davomida 141.850 ochko jamg'arishga erishishdi.
Badiiy gimnastika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi JCH
Jamoaviy dastur:
1. Bolgariya – 147.350
2. AQSH – 143.200
3. O'zbekiston – 141.850.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar