26 avg 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Ankalaev – CHimaevga qarshi jang haqida: "Xush kelibsan!"
Yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Magomed Ankalaev Xamzat CHimaevning Drikus Dyu Plessi ustidan qozongan tarixiy g'alabasiga munosabat bildirdi.
SHuningdek, Ankalaev "Borz"ning yarimog'ir vaznga ko'tarilishi mumkinligi haqidagi gapiga ham javob berib ketdi.
"Xamzatni g'alaba bilan tabriklayman. U qanchalik kuchli va tajovuzkor jangchi ekanini ko'rsatdi ham, isbotladi ham. Besh raund davomida to'liq kurashda mutlaq ustunlik qilish oson ish emas. U buni amalga oshirdi. Buning uchun unga tabriklarimni yo'llayman. Nafaqat uning, balki mening divizionimda jang qilish istagini bildirgan istalgan aralash yakkakurash ustasiga aytar gapim bitta: "Xush kelibsin!" Hech qanday muammo yo'q. Agar mening vaznimga ko'tarilmoqchi ekan – uni kutib olaman", – dedi Ankalaev.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar