26 avg 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Aljameyn Sterling yangilangan reytingda ko'tarildi
Kuni kecha Xitoyning SHanxay shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 257 turniri yakunlari bo'yicha reyting yangilandi.
Jumladan, sobiq UFC chempioni Aljameyn Sterling yarimengil (65 kg.gacha) vazn toifasi reytingida Top-5`talikka kirib oldi. U UFC Fight Night 257 turnirining asosiy jangida kamar uchun sobiq davogar vatandoshi Brayan Ortegani mag'lubiyatga uchratgan edi.
Yangilangan yarimengil vazn UFC reytingi (Top-10)
CHempion – Aleksandr Volkanovski (Avstraliya)
1. Movsar Evloev (Rossiya).
2. Diego Lopes (Braziliya).
3. Yair Rodriges (Meksika).
4. Leron Merfi (Buyuk Britaniya).
5. Aljameyn Sterling (AQSH).
6. Arnold Allen (Buyuk Britaniya).
7. Brayan Ortega (AQSH).
8. Josh Emmett (AQSH).
9. Yussef Zalal (AQSH).
10. Jin Silva (Braziliya).
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar