26 avg 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC jangchimiz Zarruh Adashev "ov"ga qaytmoqda + POSTER
AQSHda istiqomat qiladigan samarqandlik 33 yoshli aralash yakkakurash ustamiz kelasi oy oktagonga chiqadi.
Zarruh Adashev 10 sentyabr kuni BAAning Al Ayn shahrida tashkil etiladigan UAE Warriors 63 turnirida jang qiladi. Hamyurtimizning raqibi angiyalik 30 yoshli Lyuk SHenks bo'ladi. Lyuk MMAdagi faoliyati davomida 10 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan.
Malumot uchun, Zarruh Adashev UFC'da 4 ta jang o'tkazib, 1 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Dunyoning eng kuchli ligasidagi so'nggi jangini 2022 yilning 5 iyun kuni UFC Fight Night turniri doirasida yamaykalik Ode Osbornga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar