10 sen 01:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev JCHning chorak final yo'llanmasiga ega chiqdi
Britaniyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ikkinchi jangini Finlyandiya vakili Ismail Umarga qarshi o'tkazdi.
To'liq davom etgan jangda Asadxo'ja 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi Asadxo'ja SHodiyor navbatdagi jangini chorak final doirasida ertaga qozog'istonlik Ertugan Zeinulinovga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar