So’nggi yangiliklar

23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

04 iyu 18:23
Yangiliklar

Sport kurashlari

Associaciya rahbariyati "Yangiobod"da kurashchilar bilan uchrashdi FOTOREPORTAJ

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi rahbariyati Toshkent viloyatining Angren shaharchasida joylashgan "Yangiobod" bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan erkin va yunon-rum kurashchilarimiz bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Birlashgan kurash dunyosi (UWW) vice-prezidenti, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi o'rinbosari Ahrol Ro'ziev associaciyaga yangi rais o'rinbosari etib tayinlangan Nasirxodjaev Farrux Olimjonovichni terma jamoa murabbiylar shtabi hamda kurashchilarga yaqindan tanishtirdi. 

"Sport kurashlariga befarq bo'lmaganim uchun associaciya rahbariyatidan tushgan taklifni bajonidil qabul qildim. Ustozlarimiz Salim Kirgizbaevich va Ahrol Ahmedovichlarni o'rganganlarimizni ish faoliyatimda amaliyotga tadbiq etishga astoydil harakat qilaman. Bir oila bo'lib mehnat qilsak, oldimizga qo'yilgan maqsadga albatta erishamiz. Oldinda Tokio Olimpiadasi kutmoqda. Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sakkiz nafar kurashchimizga g'alaba yor bo'lsin. Yaponiyadan medallar shodasi bilan qaytishingizga ishonamiz. Vada berib ayta olamanki, Olimpiadada shohsupaga ko'tarilgan kurashchilarimizni juda katta rag'bat kutmoqda. Birinchi galda xalqimizning xursandchiligi, hurmatli Prezidentimiz SHavkat Miromonovichning ishonchlari. O'z g'alabangiz bilan O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga sovg'a tayyorlaysiz, degan umiddaman", - dedi F.Nasirxodjaev. 

SHundan so'ng Ahrol Ro'ziev ham so'zga chiqib, terma jamoa azolari uchun yaratib berilgan sharoitlar, hukumat tomonidan berilayotgan etibor, bunga esa natijalar bilan javob berish kerakligini urg'uladi:

"Hozir birinchi navbatda Olimpiadaga jarohatlarsiz etib borish muhim hisoblanadi. Musobaqada natija qila olamanmi, yo'qmi, deb bosh qotirmanglar. Bu narsa zararga ishlashi mumkin. Sport tilida aytganda, sovuq bosh bilan tayyorgarlikni davom ettiringlar. Albatta, mehnatinglar rag'batsiz qolmaydi. Davlatimiz tomonidan medallar uchun mukofot pullari elon qilindi. Hokimliklar, homiylar, associaciya rahbariyati ham chetda qarab turmaydi. Nasib qilsa, sizlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida katta shodiyonalar bilan kutib olamiz". 

Ushbu tadbirda rossiyalik mashhur polvon, yunon-rum kurashi bo'yicha 1972 yilgi Myunxen Olimpiadasining oltin medali sohibi, ikki karra jahon hamda Evropa chempioni SHamil Xisamutdinov ham ishtirok etdi va kurashchilarimizga omad tiladi. 

Uchrashuv yakunida terma jamoamiz murabbiylari hamda Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan kurashchilarga associaciya tomonidan pul mukofotlari topshirildi. Qo'y so'yilib, o'tganlar ruhiga quron tilovat qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing