06 iyu 17:10
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. 18 yoshli Mirra Andreeva 1/8 finalda
Dunyoning ettinchi raketkasi Mirra Andreeva Londonda davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining nimchorak finaliga chiqdi.
Rossiyalik iqtidor egasi uchinchi bosqichda WTA reytingida 55-o'rinni egallab turgan amerikalik Xeyli Baptistni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/3. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 3, Baptist 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha ustunlik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 5 ga 1. Andreeva faoliyatida ikkinchi bor Uimbldon turnirining 1/8 finaliga yo'l oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar