06 iyu 21:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Navbahor Hamidova Olimpiada chempioni va uch karra jahon chempionini mag'lub etib, Jahon kubogi g'olibasiga aylandi
Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha Jahon kubogi bahslari o'z yakuniga etib bormoqda.
O'zbekiston terma jamoasi mazkur Jahon kubogida ayollar terma jamoasi bilan ishtirok etyapti.
Bahslarda -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Navbahor Hamidova finalda turkiyalik Olimpiada chempioni, shuningdek uch karra Jahon chempioni Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar