06 iyu 14:22
Yangiliklar
Futbol

Uimbldon. Iga Svyontekning yurishi davom etmoqda
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Iga Svyontek Uimbldon turnirining to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Polshalik tennis malikasi 77 daqiqa davom etgan uchinchi davra bahsida WTA reytingida 54-o'rinni egallab turgan amerikalik Daniel Kollinzni 6/2, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan 10-uchrashuvi bo'ldi. Hisob esa Iga foydasiga yiriklashdi - 8:2.
Ikkala tennischi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar 3 ga 1 ko'rinishida Kollinz, breyklar esa 4 ga 0 holatida Svyontek foydasiga hal bo'ldi. Endi polshalik tennischi 1/8 finalda daniyalik Klara Tausonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar