06 iyu 18:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Bloger-kikbokschi Dana Uaytdan Oq uydagi UFC turniri uchun jang berishni so'radi
Doimo muammolar markazida yuradigan taniqli bloger, sobiq kikbokschi Endryu Teyt Oq uyda jang qilmoqchi.
U o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida promoushen rahbari Dana Uaytdan jang so'radi. Vashingtonda turnir tashkil qilish g'oyasi shaxsan AQSH Prezidenti Donald Trampdan chiqqan edi. Ushbu turnir 2026 yilning 4 iyul kuni Oq uyda AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlab o'tkaziladi.
"Men jang qilaman. Menga qo'ng'iroq qil, Dana Uayt", — deya murojaat yo'llagan Teyt.
Avvalroq, Endryu Teyt odam savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikda ayblangan edi. SHuningdek, u turli janjallari bilan ham mashhur. Xusasan, ekologik aktivist Greta Tunberg bilan "ishkallari" bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar