So’nggi yangiliklar

09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0

04 noy 11:48
Yangiliklar

Boshqalar

Badminton bo'yicha O'zbekiston kubogi boshlandi, uning ochilish marosimiga Bosh vazir o'rinbosari keldi

O'zbekiston badminton federaciyasiga qarashli Badminton markazida shaxsiy va jamoaviy birinchilik bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslariga start berildi.

Musobaqada mamlakatimizning 10ta hududidan jami 85 nafar sportchi g'oliblik uchun kurash olib boradi. Ayrim sabablarga ko'ra, O'zbekiston kubogi bahslariga Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari vakillari etib kelishmadi.

7 noyabrga qadar davom etadigan musobaqada badminton sporti bo'yicha mamlakat terma jamoasiga munosib nomzodlar saralab olinadi. O'zbekiston kubogida 49 nafar erkak hamda 36 nafar ayol sportchi g'oliblik uchun kurashga kirishdi.

Musobaqaning jamoaviy bahslarida har bir jamoa bir-biri bilan davraviy tizimda o'zaro kuch sinashadi, eng ko'p ochko to'plagan jamoa esa g'oliblikni qo'lga kiritadi. So'ngra shaxsiy birinchiliklarga start beriladi.

Kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, O'zbekiston badminton federaciyasi raisi Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston badminton federaciyasi masul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Musobaqani Bosh vazirning o'rinbosari A.Abduhakimov ochib berdi:

- Bugungi musobaqa mamlakatimizda badminton bo'yicha yubiley, yani o'ninchi marta tashkil etilmoqda. Takidlash kerak, yurtimizda badminton sportiga shu kungacha jiddiy etibor qaratilmayotgan edi. Biroq, badminton sporti xalq orasida keng ommalashgan sport turi hisoblanadi. Yaqinda imzolangan Prezident farmoniga muvofiq, aholi o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda ustuvor etib belgilangan 7ta yo'nalish qatoridan badminton sporti ham o'rin olgan. Ayni paytda O'zbekiston kubogida ishtirok etayotgan har bir sportchi ushbu sport turini aholi orasida ommalashtirishga ham yordam berishi lozim. Birgalikda ushbu sport turini respublikamizda eng ommalashgan sport turlaridan biriga aylantiramiz. Fursatdan foydalanib bugungi musobaqani ochiq deb elon qilaman va barchangizga omad tilayman.

SHundan so'ng musobaqalarga start berildi. O'zbekiston kubogi g'oliblari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston badminton federaciyasi tomonidan medal, diplom hamda qimmatbaho sovg'alar, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi kubogi bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing