28 iyu 09:15
Yangiliklar

Deontey Uaylder bir yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytdi
Oqshomning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder unchalik taniqli bo'lmagan vatandoshi Tayrrell Xerndonga qarshi ringga ko'tarildi.
Sobiq WBC chempioni bo'lgan Deontey ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan keyin nihoyat g'alaba qozona oldi. Uaylder raqibini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Endi uning hisobida 49 ta jangda 44 g'alaba va 4 mag'lubiyat va 1 durang bor. Xerndon esa prof ringda 30 ta jang o'tkazib, 24 g'alaba va 6 mag'lubiyat qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder o'tgan yilning iyun oyila xitoylik CHjan CHjileyga beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyat bo'lgan edi. Undan avvalgi jangini esa 2023 yilning dekabrida o'tkazgandi. O'shanda Yangi Zelandiya vakili Jozef Parkerga Deonteyni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
Fikrlar