10 okt 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Deontey Uaylder shu yil engilmas jahon chempioni bilan jang qilishi mumkin
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder navbatdagi jangini dekabr oyida o'tkazishi mumkin.
Uning raqibi The Ring va Zuffa Boxing talqini bo'yicha yarim og'ir vazn toifasidagi mag'lubiyatga uchramagan jahon chempioni, avstraliyalik Jey Opetayya bo'lishi ehtimoldan xoli emas.
Jang 11 dekabr kuni Uelsning Kardiff shahrida bo'lib o'tadigan yirik boks oqshomi doirasida tashkil etilishi mumkin. Bu haqda The Ring jurnalidagi nufuzli amerikalik insayder Mayk Koppinjer o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida malum qildi.
Havola :
Manba : Miki Coppinger
Fikrlar