28 iyu 08:12
Yangiliklar

UFC 317 turnirining rasmiy tarozi marosimi o'tkazildi, bitta jang bekor qilindi
UFC 317 turniri jangchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Oqshomning asosiy jangi engil vaznda Islam Maxachev vakant qoldirgan UFC chempionlik kamari uchun kechadi. Unda ushbu kamarning sobiq sohiblaridan biri braziliyalik CHarlz Oliveyra yarimengil vazn sobiq chempioni Iliya Topuriyaga qarshi oktagonga chiqadi.
Har ikki jangchi ham belgilangan vazn meyorini bajardi. Iliya Topuriya 70.3 kg, CHarlz Oliveyra esa 70.1 kg vazn qayd etdi. Turnirning co main-event jangi o'ta engil vazn kamari uchun Aleksandr Pantoja hamda Kay Kara-Frans o'rtasida kechadi. Ular ham vazn meyorini bajarishdi.
Jekson MakVey va Kris Evert o'rtasida o'rta vazn toifasida o'tkazilishi kerak bo'lgan jang bekor qilindi. Tarozi marosimi oldidan Evertda vazn tashlash holatida sog'lig'i bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan.
UFC 317 tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Iliya Topuriya (70.3 kg) – CHarlz Oliveyra (70.1 kg)
Aleksandre Pantoja (56.7 kg) – Kay Kara-Frans (56.7 kg)
Brendon Royval (56.9 kg) – Joshua Van (56.9 kg)
Benil Dariush (70.8 kg) – Renato Moykano (70.8 kg)
Felipe Lima (61.5 kg) – Peyton Talbott (61.7 kg)
Prelim kard janglari
Jek Xermansson (84.2 kg) – Gregori Rodriges (84.4 kg)
Xayder Amil (66 kg) – Xose Delgado (66 kg)
Vivian Araudjo (56.9 kg) – Treysi Kortez (57.2 kg)
Vyacheslav Borshyov (70.3 kg) – Terrens MakKinni (70.8 kg)
Erta prelim kard janglari
Niko Prays (77.3 kg) – Jeykob Smit (77.3 kg)
Jonata Diniz (116.8 kg) – Elvin Xayns (117.7 kg)
Fikrlar