28 iyu 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Aslamjon Ortiqovning mezbonga qarshi jangida nokaut qayd etildi + FOTO
Tailandning Bangkok shahrida muay-tay bo'yicha ONE Friday Fights 114 turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqa doirasida o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik muay-tay ustasi Aslamjon Ortiqov ham ringga chiqdi. Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimizga Tailand vakili Petsukumvit Boy Bangna raqiblik qildi. Ortiqov uchinchi raundda mezbon sportchini vatandoshlari ko'z o'ngida nokautga uchratdi.
SHu tariqa, Aslamjon Ortiqov prof faoliyatidagi 8-jangidagi 8-g'alabasini qo'lga kiritdi. U bu janglarining 4 tasini muddatidan avval yakunlagan. Bangna hisobida esa 4 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar