So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

03 apr 20:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov: "Maqsadim - Olimpiada oltin medali!"

Teglar :  Bahodir Jalolov
"Humo Arena" mezbonlik qilayotgan professional boks kechasi o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Markaziy jangga tobora yaqinlashyapmiz. Biroz avval eng og'ir vazndagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov latviyalik Kristaps Zucisni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Jang yakunlanganidan so'ng Jalolov saytimiz muxbiriga intervyu berdi.

"Avvalo, bugungi professional boks kechasini tashkil etib bergan davlatimiz va boks federaciyamiz rahbariyatiga rahmat aytmoqchiman. Bunday boks oqshomlari nafaqat Osiyoda, balki AQSHda ham kam o'tkaziladi. Buni Amerikadan kelgan murabbiylarimiz ham alohida takidlashdi. Ayniqsa, muxlislar bilan o'tgan boks kechasi oqshomning yanada yorqin bo'lishini taminlayapti. SHu o'rinda bugungi raqibimga ham minnatdorlik bildiraman. Og'ir vazndagi aksariyat bokschilar o'zlarini osmon tutishadi, mensimagandek tutishadi. Latviyalik bokschi esa jangdan oldin meni kuzatib borishini aytdi. Jang yakunlanganidan keyin ham qo'limni ko'tarib, hurmat ko'rsatdi. O'z o'rnida unga rahmat aytdim va keyingi faoliyatida omad tiladim. Hozirgi asosiy maqsadim - Olimpiada oltin medali. Nasib qilsa, og'ir vazndagi ilk Olimpiada oltin medalini O'zbekistonga taqdim etamiz", - dedi Jalolov.

 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing