22 iyu 11:57
Yangiliklar
Sport kurashlari

U 23 yosh toifasidagi kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 16 ta medal qo'lga kiritishdi
Vetnamda sport kurashlari bo'yicha yoshlar (U 23) o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Erkin kurash ustalari o'rtasida kechgan so'nggi kun bahslarida atletlarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Kumush medallar:
-65 kg: Umidjon Jalolov
-74 kg: Zafarbek Otaxonov
Bronza medalm:
-92 kg: Sadriddin Daminjonov
SHu tariqa, ushbu yosh toifasidagi sportchilarimiz qita birinchiligini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza, jami 16 ta medal bilan yakunlashdi. Ertadan U 17 yosh toifasidagi polvonlarimiz bahslarga kirishishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar