So’nggi yangiliklar

14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0

01 mar 09:33
Yangiliklar

Voleybol

Bahor fasli voleybol musobaqalari bilan boshlanadi

Teglar :  VoleybolAndijon
Andijon davlat tibbiyot instituti sport majmuasi voleybol bo'yicha ayollar jamoalari o'rtasida XXVIII O'zbekiston chempionatining 1-tur o'yinlariga mezbonlik qiladi.

Bugun Andijon shahrida voleybol bo'yicha oliy liga ayollar jamoalari o'rtasida XXVIII O'zbekiston chempionatining 1-tur o'yinlariga start beriladi. Musobaqa Andijon davlat tibbiyot instituti sport majmuasida o'tkaziladi.

Joriy yilgi O'zbekiston chempionati bahslarida ham odatdagi jamoalar, yani amaldagi chempion O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF, Nukus davlat pedagogika instituti, «To'maris» (Namangan), «Andijon», «Ishonch» (Farg'ona) kabi o'ndan ortiq jamoa qatnashishi kutilmoqda. Bu boradagi yakuniy savollarga ertaga bo'ladigan mandat komissiyasi orqali javob olinadi.

Bahorning ilk shodiyonasi bo'lmish 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramining ertasiga Navoiy shahrida erkaklar jamoalari o'rtasida XIX O'zbekiston chempionatining 1-tur bahslariga start beriladi. Navoiydagi musobaqalar Olimpiya zaxiralari kolleji sport inshootida o'tkaziladi. Darvoqe, erkaklar o'rtasidagi oliy liga bahslarida yangi jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Voleybol bo'yicha bu yilgi O'zbekiston chempionati musobaqalarda Milliy gvardiya hamda Mudofaa vazirligi ham o'z jamoalari bilan qatnashish istagini bildirishgan. Demak, bu yilgi musobaqalar har qachongidan shiddatli kechishini taxmin qilish qiyin emas.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing