So’nggi yangiliklar

18:39Асу Алмабаевнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби маълум қилинди, рақиб - собиқ даъвогар 0 18:17UFC 322 турнири учун дастлабки жанг анонс қилинди 0 17:50Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди 0 17:25"Агар кимдир Канелони мағлуб эта олса, бу Кроуфорд бўлади" - собиқ чемпион 0 17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0

27 sen 14:42
Yangiliklar

Futbol

"Barselona" 2023 yilda kimlarni o'z safiga qo'shib olmoqchi?

Teglar :  Barselona
Moliyaviy muammolar girdobida qolgan "Barselona"ni endilikda kam pul sarflaydi, deganlar xato qiladi.

Kataloniyaliklar bosqichma-bosqich o'z rejalarini amalga oshirish rejimiga o'tgan ko'rinadi. Malum qilinishicha, jamoa 2023 yilda ham juda katta transferlarni amalga oshirmoqchi. Quyida mana shular xususida so'z yuritmoqchimiz. 

Leo Messi

Oxirgi kunlarda Evropa OAV argentinalik futbolchining "Barselona"ga qaytishi xususida yozmoqda. 35 yoshli futbolchi kelajagi borasida yakuniy qarorni dekabr oyida yakunlanadigan JCH-2022 dan keyin qabul qiladi. O'z navbatida, PSJ ham Messi bilan amaldagi shartnoma muddatini 2024 yilga qadar uzaytirmoqchi. Biroq u "Barselona"ga qaytishi ehtimoli ham yo'q emas. 


Bernardu Silva

Kelgusi yilning yozida portugaliyalik futbolchi "Barselona"ga ko'chib o'tishi mumkin. Aslida kataloniyaliklar 2022 yilning o'zidayoq Silvani o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilishgandi. Biroq moliyaviy holat va boshqa jihatlar sabab kelishuv amalga oshmagandi. "Diario Sport" vakillarining so'zlariga ko'ra, Silva kelgusi yilda faoliyatini La Ligada davom ettirishi ehtimoli yuqori. 


Ruben Nevesh

"Vulverxempton" futbolchisi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Kataloniya klubi tayanch yarim himoyada Serxio Busketsning o'rniga munosib nomzod sifatida 25 yoshli Neveshni ko'rmoqda. Qolaversa, Laporta va futbolchining agenti Jorje Mendesh o'rtasida iliq munosabatlar bor. Bu ham tomonlarning kelishuvga erishishiga asosiy omil bo'lishi mumkin.


Rafael Leau 

"Milan"dagi ajoyib o'yinlari bilan Evropaning grand klublari nazariga tushgan Leau ham "Barselona"ning nishonida bo'lib turibdi. Portugaliyalik vinger kelgusi yilda "rossoneri"ni tark etmoqchi. Katta ehtimol bilan faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. 


Florian Virc

"Bayer" klubining 19 yoshli futbolchisiga "Barselona" anchadan beri ko'z tikib kelyapti. Qolaversa, futbolchining o'zi ham kataloniyaliklarning ashaddiy muxlisi ekanini yashirmaydi. Biroq nemis klubi Virc transferini 150 million evroga baholamoqda. Ammo futbolchi jiddiy jarohat oldi. Uning safdan chiqqanini hisobga olsak, transfer qiymati bir muncha pasayishi ehtimoli bor.

 

Joau Feliks

Laporta orzusidagi futbochilardan biri sifatida Feliks tilga olinmoqda. 22 yoshli futbolchi "Atletiko"da o'ynamoqda va yaqin orada jamoasini tark etish niyatida emasligini bir necha marotaba takidlagan. Lekin Mendesh aralashuvi yuzaga kelsa, kelishuv amalga oshishi mumkin. Biroq Feliksning transfer qiymati yuqori ekani bois "Barselona" biroz qiyinchilikka duch kelishi ham mumkin. Har holda moliyaviy tomonlama qiynalayotgan "ko'k-anorranglilar" portugaliyalik futbolchi uchun 100 million evrodan oshiq sarflashi dargumon.


Samandarbek tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing