So’nggi yangiliklar

19:02"Ким бундай қилган?" Теренс Кроуфорд P4P рейтингидаги ўрнидан норози 0 18:39Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди 0 18:17"Ва-банкка бораман". Топурия Оливейрани қандай қилиб финиш қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:51TUF 33 шоусида Фурқатбек Ёқубовни мағлуб этган Алиби Идрис ҳамюртимизга мурожаат қилди + ВИДЕО 0 17:30Топурия Оливейрани биринчи раундда нокаут қилмоқчи бўлмоқда. Чарльз эса бунга муносабат билдирди 0 17:07Гарет Саутгейт энди рицар! 0 16:46Умар Кремлёв: "IBA'нинг стратегик мақсади Россияни дунё бокс майдонига айлантириш" 0 16:25Истборн (WTA). Остапенко, Радукануда ғалаба, Кенин ютқазди ва бошқа натижалар 0 16:04UzChess Cup. Ниғматов пешқадам, Абдусатторовга таъқибчилар етиб олишди, 7-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 15:43Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади? 0 15:22Спорт вазири Олимпия ва паралимпия шон шуҳрати музейида ёшлар билан учрашди 0 15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0

03 dek 15:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev: O'z vaznimdagi barcha chempionlik kamarlarini birlashtirmoqchiman

AQSHdan qaytib kelgan Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev ayni paytda o'z oilasi davrasida bo'lib turibdi.

Quyida saytimiz uchun maxsus uyushtirilgan intervyuni havola qilamiz.  

Suhbatdoshimiz haqida qisqacha malumot: Bektemir Meliqo'ziev 1996 yil 8 aprel kuni Farg'ona viloyatining  Furqat tumanidagi SHoimbek qishlog'ida tug'ilgan. SHu tumandagi 20-umumtalim maktabida dastlabki saboqni olgan. So'ngra Qo'qon pedagogika kolleji va oliygohini bitirgan. Boks bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo,jahon va Olimpiada chempioni. Kattalar o'rtasida Osiyo chempioni, jahon va Olimpiada o'yinlari sovrindori. Professional ringda 6 ta uchrashuv o'tkazib barchasida g'alaba qozongan. WBA Americas va  WBO Inter- Continental  yo'nalishlari kamarlari sohibi. “SHuhrat” medali, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi, ”O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

- Boks bilan 10 yoshingizdan beri shug'ullanib kelar ekansiz. Nima uchun nisbatan qiyinroq sport turini tanlagansiz?

- Ota va onamning aytishlaricha, akamlarga nisbatan sho'xroq bo'lgan ekanman. SHu bois dadam meni tumanimizdagi BO'SMning boks to'garagiga olib borgan ekanlar. U erda meni birinchi murabbiyim Marufjon aka Ahmedov qabul qilib olganlar va urushqoq bolakaydan Bektemir Meliqo'zievni  kashf qilganlar, desak ham bo'laveradi.

- Ilk bor qanday musobaqalarda ishtirok etganingizni eslay olasizmi?

- Maktab davrida Maruf aka viloyatimizning shahar va tumanlarida bo'ladigan ochiq birinchiliklarga juda ko'p bor olib borganlar. Mening boksdagi faoliyatimni kuzatib boradigan jurnalist akaning takidlashicha, maktab o'quvchilari o'rtasida viloyatimizdagi deyarli barcha shahar va tumanlarning chempioni bo'lgan ekanman. SHu o'rinda maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan musobaqalar bo'lajak chempionlar uchun mahorat maktabi ekanligini takidlab o'tishimiz lozim.

- Yoshligingizda qaysi bokschilarga havas qilgansiz?

- O'tkirbek Haydarov, Muhammadqodir Abdullaev, Elshod Rasulovlar bolalikdagi kumirim bo'lishgan.

- Yaqinda Farg'ona viloyati hokimi qabulida bo'libsiz. Ushbu uchrashuvdan qanday taassurotlar oldingiz?

- Ko'p yillar mobaynida Namangan viloyatini boshqargan Xayrulla Bozorov sportsevar rahbar ekanligini hamma biladi. U kishi Namangan sportini rivojlantirish uchun  juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirgani haqida terma jamoadagi sherigim Murodjon Ahmadaliev gapirib bergan. Uchrashuv jarayonida  viloyatimiz rahbarining sport sohasiga juda etiborli ekanliklariga yana bir bor amin bo'ldim. Xayrulla aka Farg'ona sportini yangi bosqichga ko'tarish niyatida ekanlar.Ushbu jarayonda biz sportchilar ham viloyatimiz rahbari bilan elkama-elka turib harakat qilamiz.

- Sizning Olimpiada o'yinlarida qo'lga kiritgan kumush medalingiz  Farg'ona   viloyati sportining tarixida  erishilgan eng yuqori natija bo'lib turibdi ekan...

- Umid qilamanki, yaqinlashib kelayotgan navbatdagi Olimpiadada Farg'onadan ham chempion chiqadi.

- Farg'onalik qaysi sportchilarimizdan oltin medal kutsak bo'ladi? 

- Menimcha, Osiyo va jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov Yaponiyadan chempion bo'lib qaytadi. O'ta mehnatkash, odobli bu yigit o'z vazn toifasida dunyoda tengsiz bokschi bo'lib turibdi.

Yaqin kelajakda esa Farg'ona viloyatidan Olimpiada chempioni emas, chempionlari etishib chiqadi, degan umiddaman.

- Etibor bergan bo'lsangiz kerak, yaqinda Toshkentda o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi mamlakat chempionatida farg'onalik bokschilar 12 ta turli darajadagi medallarni qo'lga kiritishdi...

- Meni juda quvontirgan ushbu natija Farg'ona boksida yana bir “Oltin avlod” etilib kelayotganidan dalolatdir. Nasib qilsa, yaqin orada Mirazizbek Mirzaxalilov, Bilolbek Mirzarahimov kabi yosh bokschilarimiz bizdan-da yaxshi natijalarga erishishadi.

- Mashhur futbolchimiz Odil Ahmedov o'z akademiyasiga asos solgan. Sizda ham Bektemir Meliqo'ziev boks maktabi ochish niyatingiz bormi?

- Bu borada dastlabki qadamlarni tashlayapmiz. Nasib qilsa, dekabr oyi ichida boks zalimizni foydalanishga topshiramiz. Bu kelajakda bunyod etishni rejalashtirayotganimiz - boks maktabimizning poydevori bo'ladi.

- Professional va havaskor bokslarning farqini qisqacha tariflab bersangiz?

- Havaskor boksda raundlar kam bo'lgani uchun tezlikka katta etibor beriladi. Professional boksda raundlar ko'p bo'lgani uchun chidamlilik birinchi darajaga chiqadi.

- Siz kabi mashhur sportchi bo'lish niyatidagi yoshlarga qanday maslahat berasiz?

- Mashg'ulotlardagi qatiy tartib intizom, mehnatkashlik, namunali odob-ahloq va yaxshi bilimga ega bo'lish chempionlikning kalitidir.

- Professional boksda qanday marralarni ko'zlayapsiz?

- Barcha yo'nalishlardagi kamarlarni qo'lga kiritib, jahon chempioni bo'lish maqsadida harakat qilyapman.

Mo'ydinjon SOBITOV suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

   
04 dek 16:52:46
Odiljon Turdiboyev
Meksikancha shlyapa kiyishga majburmikan so'ramapsizlarda
   
03 dek 16:58:31
Erkin Rabbimovich
ЯША АЗАМАТ!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing