So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

25 iyu 15:22
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport vaziri Olimpiya va paralimpiya shon shuhrati muzeyida yoshlar bilan uchrashdi

Teglar :  Adham Ikramov
Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan ochiq muloqotda 120 nafardan ziyod yoshlar, sportchi va parasportchilar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Sport vaziri yoshlarning bilim olishi, o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish borasida fikr-mulohazalarini bildirib, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda sportni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar haqida batafsil malumot berdi.

SHu bilan birga mamlakatimiz sportchilarining Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari, Jahon chempionatlari, Osiyo o'yinlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O'zbekistonning obro'-etibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi”, "Yangi O'zbekiston olimpiya cho'qqilari", “Universiada” kabi sport musobaqalarining muntazam o'tkazilib kelinayotgani va buning natijasida sport bilan shug'ullanayotgan yoshlar soni yildan-yilga ortib borayotgani alohida takidlandi. 

Xususan, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida faol ishtirok etib, o'z iqtidorini namoyon etgan, bugungi kunda engil atletika sporti bo'yicha yuqori natijalarga erishib kelayotgan qashqadaryolik sportchi Jonbibi Hukmova ham vazir bilan o'tkazilgan muloqotda yurtimiz yoshlariga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi. 

Yoshlar bilan samimiy muloqot ruhida bo'lib o'tgan uchrashuv davomida vazir yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berib, ilgari surilgan takliflarni tingladi. Ularning sport musobaqalarida yanada faol ishtirok etishlari uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tadbir yakunida o'z faoligi va shijoati bilan sport sohasida namuna bo'lib kelayotgan bir qator yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing