25 iyu 15:43
Yangiliklar

Hojiakbar Alijonov nega faqat qora butsada maydonga tushadi?
Unda futbolchiga muxlislar tomonidan yuborilgan bir qator savollar berildi.
- Siz o'ynashni orzu qilgan Evropadagi klub?
- "Real Madrid".
- Qaysi hujumchiga qarshi o'ynash qiyinroq?
- Oybek Bozorov.
- Eng chiroyli golingiz qaysi?
- "Al Sadd" va "Navbahor"ga urgan gollarim.
- Superligadagi qaysi o'ng qanot himoyachini etirof etgan bo'lardingiz?
- Yaxshi o'ng qanot himoyachilari ko'p: Dilshod Saitov, Saidazamat Mirsaidov va Zafarmurod Abdirahmatov.
- Futboldan bo'sh vaqtda nima bilan shug'ullanasiz?
- Stol tennis o'ynayman.
- Nega faqat qora rangli butsada maydonga tushasiz?
- Birinchidan, qora butsa yoqadi. Ikkinchidan, bu rangli modeldan ko'p sotib olganman. Hali uyda kiyilmaganlari ham ko'p.
Quyida 90minutuz podkastini to'liq tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar