So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

19 iyu 17:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemirning bo'lajak raqibi Rosado haqida bilishingiz kerak bo'lgan 5 ta fakt

Etiboringizga Bektemir Meliqo'ziev bilan jang qiladigan 35 yoshli Gabriel Rosado haqida bilishingiz shart bo'lgan 5 ta faktni havola qilamiz!

1. Amerikalik Gabriel Rosado faoliyati davomida 40 ta jang o'tkazgan va shulardan faqat bittasini Amerikadan tashqarida o'tkazgan. Rosado britaniyalik Martin Murrayga qarshi Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida ringga ko'tarilib raqibga imkoniyatni boy bergan.

2. Rosado 2013 yilda GGG - Gennadiy Golovkin bilan, 2014 yilda Jermell CHarlo bilan jang qilib har ikki bokschiga ham mag'lub bo'lgan.

3. 2015 yilda Los-Anjelesga ko'chib o'tganidan so'ng Silvester Stallone hamda Maykl Jordan bilan birgalikda "Krid. Rokkining merosi", "Krid" filmlarida suratga tushgan. Tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan mazkur filmda Leo "The Lion" Sporino rolini ijro qilgan. Undan tashqari "Zolushka odam", "Million dollarlik bolakay", "G'azablangan buqa” filmlarida ham ajoyib rollarda gavdalangan.

4. 35 yoshli Gabrielning turmush o'rtog'i kimligi malum emas. Lekin uning 5 yoshli Valentina ismli qizalog'i bor.

5. Rosadoni Instagramda 230 mingdan ziyod kuzatuvchisi bor. Meliqo'zievning esa 243 mingdan ortiq tarmoq foydalanuvchisi kuzatadi.

Meliqo'ziev va Rosado jangi bizning vaqt bilan 19 iyundan 20 iyunga o'tar kechasida bo'lib o'tadi. To'qnashuv Mungiya - SHermeta anderkardida WBA Continental Americas va WBO International kamarlari uchun bo'ladi. Jang davomiyligi 12 raund qilib belgilangan.

Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
19 iyu 17:44:52
Avaz Juraev
raqib ancha tajribali translatsiya olib berishga arziguli jangidi bu
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing