05 iyu 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolmurod Nurmatov keyingi jangini ACA Ligasida o'tkazadi
11 iyul kuni Rossiya Federaciyasining Grozniy shahrida MMA bo'yicha ACA 189 turniri tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Xolmurod Nurmatov ham oktagonga ko'tariladi.
31 yashar hamyurtimizga Rossiya vakili Axmed Xamzaev raqiblik qiladi. Jang eng engil vazn toifasida tashkil etiladi. Bu haqda Sport-express.ru nashri xabar bermoqda.
Nurmatov faoliyati davomida 23 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba, 8 mag'lubiyat va 1 ta durangga erishgan. U ACA Ligasida 2 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyatga ega. 25 yoshli Axmed Xamzaev (11-2) esa Liganing umidli vakillaridan. Sportchi mazkur promoushenda jami 10 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba va 2 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirgan.
Havola :
Manba : sport-express.ru
Fikrlar