So’nggi yangiliklar

17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 15:00Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Арманистон, Ўзбекистон-2 - Ҳиндистон ва бошқа натижалар (LIVE) 0 14:30Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0 11:55Ўзбекистонда қатор профессионал футбол клублари ишончли бошқарувга берилади 0 11:27Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга Mangu 5 турнири ўтказилади 0 09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0

05 iyu 18:02
Yangiliklar

Futbol

Jota va gullar

Teglar :  LiverpulDiogo Jota
"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogo Jotaning bevaqt o'limi futbol olamini larzaga soldi.

Kechadan beri tarmoqlarda shu gap. Jotaning avtohalokatga uchrab vafot etganini yozmagan nashr, sayt va kanal qolmadi. Voqea joyidan suratlar, video ham berildi. "Liverpul" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Enfild" stadionida Jota xotirasi uchun kichik hudud takshil qilinib, bu erga hamon gulchambarlar qo'yish davom etmoqda.



Jota hali yosh edi, endigina 28ni qarshi olgandi. Garchi uch nafar farzandi bor bo'lsa-da, nikoh to'yini o'tkazganiga atigi 11 kun bo'lgandi. Nimayam derdik, bu taqdir. Jotani yod olib ayniqsa muxlislar jonbozlik ko'rsatayotgani hech kimni befarq qoldirmayapti. Angliyada muxlislik o'zgacha, 30-40 yil oldingi "xuliganlik" davri o'tdi-ketdi. Endi u erda yuqori darajali madaniyat hukm surmoqda.

Jotani xotirlab "Enfild" tomon muxlislar kelishi davom etmoqda. Hatto "Liverpul"ning ashaddiy raqibi "Everton" muxlisi ham kelib gul qo'yib ketgani tarmoqlarda alohida yoritildi. O'sha odamga "Respect" deyishdi. Ko'ryapmizki, futbol o'z yo'liga, qarama-qarshilik o'z yo'liga, lekin inson qadri, tirik bo'lsa hurmati, vafot etsa xotirasi asosiy o'rinda ekan.

Angliyada madaniyat yuqori tus olgan. Ular olamdan o'tganlarni tez-tez xotirlab turishadi. Muxlislar bir-birlariga iliq munosabatda bo'ladilar. Vafot etgan futbol kishisi nomini tribuna, ko'chalar va boshqa joylarga berishadi. Inglizlar shu orqali futbol orqali nom qozongan mashhur nomni abadiylashtirish harakatida bo'ladilar.



Jotaga bo'layotgan hurmat, taziya izhor qilish, uning xotirasini yod olish maqsadida stadionga gullar qo'yib ketilayotgani bejiz emas. Bu inson qadri va xotirasi hamma narsadan ustun ekanini bildiradi. Bu o'zaro hurmatning yuksak darajasini namoyon etadi. Aslida shunday bo'lishi ham kerak. CHunki dunyoda Insondan aziz zot yo'q.

Pul, mashina, uy, mansab - bular Inson qadri oldida hech narsa emas. Odam baribir odamga suyanadi va doimo shunday bo'lib qoladi. Jahondagi holatni ko'rib turibmiz, qaerda futbol o'ynalyapti, qaerda urush ketyapti. Odamlar bir-biriga o'q otib halok bo'lyapti. Futbol esa shunchaki sport turi emas, xalqlarni birlashtiruvchi ming bir yo'ldan bittasi bo'lib qolishi kerak.

CHet davlatlarga ko'p borganmiz, chetga chiqqanda Vatan sog'inchi yanada ko'proq bilinadi. Vatan nima ekanini chetga chiqib his qila boshlaysiz. Siz faqat o'yin payti raqib muxlislari bilan "dushman" bo'lasiz, lekin o'yindan oldin va keyin ular bilan yaxshi munosabatda bo'lgingiz keladi. CHunki ular ham bizga o'xshagan odam. Xorijliklar ham bizga kelganda shuni his qiladi.



Afsuski, bizda mehr kamayib ketgandek. Atrofimizga befarq bo'lib qolganmiz. Kimgadir yordam qo'lini cho'zishdan oldin "etti o'lchab bir kesamiz", menga keyinchalik nafi tegramikan deb o'ylanib qolamiz. Olamdan o'tganlar xotirasi tez unut bo'ladi. Yana odatdagidek ishga va hayot tashvishlariga sho'ng'ib ketamiz. Hamma o'zi bilan o'zi ovora bo'lib qoladi.

Lekin dunyoda yaxshi odamlar bor ekan, inson vafot etsa xotirlash, hayotligida ezozlash aslo "o'lmaydi". SHunday ekan, biz ham o'z yaqinlarimizni to hayot ekan holidan xabar olib, xabar olishga imkon bo'lmasa, birov yo'qlab qo'yish, vafot etganida xotirasini yod etish birlamchi ekanini unutmaylik. Axir bu olamda barchamiz omonatmiz. 


X.Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing