05 iyu 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon kubogi. Bugun to'rt bokschimiz final chiptasi uchun ringga ko'tariladi
Qozog'istonning Astana shahrida davom etayotgan boks bo'yicha World Boxing Jahon kubogining final oldi bellashuvlari o'tkaziladi.
Bugungi 1/2 final janglarida O'zbekiston ayollar terma jamoasining to'rt nafar vakilasi ham ishtirok etadi. Bahslar ikki dasturda Toshkent vaqti bilan soat 14:00 va 19:00 da start oladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-54 kg: Feruza Kazakova - Sakshi (Hindiston) 14:15
-80 kg: Sohiba Ro'zmetova - Eseta Flint (Avstraliya) 15:00
-65 kg: Navbahor Hamidova - Morelle Makkeyn (AQSH) 19:30
-75 kg: Aziza Zokirova - Sunniva Hofstad (Norvegiya) 19:45.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar