05 iyu 18:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons qaytishiga ishora qildi
Kecha AQSH Prezidenti Dana Uayt 2026 yilda Oq uy hududida UFC turniri tashkil etilishini malum qilgandi.
Ikki divizionda UFC sobiq chempioni Jon Jons bunga munosabat bildirar ekan, ushbu turnirda jang qilish istagi borligiga ishora qildi.
"Oq uyda jang qilamizmi?", deya o'zining X sahifasida post qoldirgan Jons.
O'tgan oyda 37 yoshli Jon Jons nafaqaga chiqib, og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamarini bo'sh qoldirgan va keyinchalik UFC uni vaqtinchalik chempion Tom Aspinallga topshirgan edi.
Havola :
Manba : x.com/JonnyBones
Fikrlar