So’nggi yangiliklar

01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0

25 may 11:38
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionatida kuchlilar aniqlandi + FOTOREPORTAJ

Kecha musobaqaning uchinchi kunida Jizzax shahridagi Urda bog'idagi anfiteatrda Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi belbog'li kurash, alysh hamda qazaq kuresi bo'yicha Osiyo chempionati doirasida O'zbek milliy belbog'li kurashi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi bellashuvlarga start berildi.

Ushbu belbog'li kurash musobaqasida 130 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi. Belbog'li kurash bo'yicha erkaklar -57, -62, -68, -75, -82, -90, -100, +100 kg. vazn toifasida kurash tushishgan bo'lishsa, ayollar -52, -58, -66, -76, +76 kg vazn toifalarida bellashishdi. 

Reglamentga  ko'ra, belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati doirasida tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. 

Marosimni Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev ochib berdi. Viloyat hokimi barcha ishtirokchilarini qutlar ekan, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan barcha sohalar singari jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor haqida alohida takidlab o'tdi. 

SHuningdek, ochilish marosimida Jizzax viloyati prokurori Islom Ergashxodjaev, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov va boshqalar ham ishtirok etib, musobaqa mehmonlariga o'z esdalik sovg'alarini topshirdi. Demak, chempionlar bilan tanishamiz. 

Belbog'li kurash. Ayollar 

52 kg vazn toifasi

1. Farangiz Abdunabieva (O'zbekiston) 

2. Muxlisaxon Sotiboldieva (O'zbekiston) 

3. Ganbat Saruulbiyan (Mo'g'uliston) 

3. Botag'oz Dosembaeaa (Qozog'iston)


58 kg vazn toifasi

1. Manzuraoy Mo'yiddinova (O'zbekiston) 

2. Sepiden Babairokni (Eron)

3. Elzoda Mo'minjonova (Qirg'iziston) 

3. Vekhonichu Gurhah (Hindiston)


66 kg vazn toifasi

1. Maftunabonu Mahmudova (O'zbekiston) 

2. Zemfira Azatova (O'zbekiston) 

3. Sofiya Zoirova (Qirg'iziston)

3. Kamila Pardaeva (Turkmaniston) 


76 kg vazn toifasi

1. Dilafruz Mamajonova (O'zbekiston) 

2. Jemal Avlyakuleeva (Turkmaniston) 

3. Feruza Kurstanbek qizi (Qirg'iziston) 

3. Ullijon Davletova (O'zbekiston) 


+76 kg vazn toifasi 

1. Sahobat SHeralieva (O'zbekiston) 

2. Nagira Sarbasheva (Qirg'iziston) 

3. Muxlisa Ikromova (O'zbekiston). 

3. Laura Do'staeva (O'zbekiston)

Belbog'li kurash. Erkaklar

57 kg vazn toifasi

1. Jamoliddin Nematullaev (O'zbekiston) 

2. Xo'jamurot Suvonov (Turkmaniston) 

3. Orazali Bayazatbek (Qirg'iziston) 

3. Alpomish Hamroqulov (O'zbekiston) 


62 kg vazn toifasi

1. Doniyor O'rolov (O'zbekiston) 

2. Abduqodir Avazbekov (O'zbekiston) 

3. Muhammadali Zoirov (O'zbekiston) 

3. Ali Xalili (O'zbekiston)


68 kg vazn toifasi

1. Oybek Sultonov (O'zbekiston) 

2. Guvanch Hemraev (Turkmaniston) 

3. Banzragch Doridavga (Mo'g'uliston) 

3. Asadbek Mamtaliev (O'zbekiston) 


75 kg vazn toifasi  

1. Nusratbek Sultonboev (O'zbekiston) 

2. Xolmirza Hasanboev (O'zbekiston) 

3. Bayastan Samat ulu (Qirg'iziston) 


82 kg vazn toifasi  

1. Husniddin Ro'ziev (O'zbekiston) 

2. Qambarali Xabibullaev (Qirg'iziston) 

3. Sanga Gambosuren (Mo'g'uliston)

3. Ilyos Ahmadov (O'zbekiston)


90 kg vazn toifasi 

1. Jasurbek Isroilov (O'zbekiston) 

2. SHohjahon Ortiqov (O'zbekiston) 

3. Behruz Gulmahmadzoda (Tojikiston) 

3. Ari Dvi Riyatna (Indoneziya)

 

100 kg vazn toifasi 

1. Nodirbek Ahatjonov (O'zbekiston) 

2. Masyaku Amono (Yaponiya) 

3. Ali reza Pahlevzadeh (Eron) 

3. Doston Podshoev (Tojikiston) 


+100 kg vazn toifasi

1. Baxtiyor Jumaboev (O'zbekiston) 

2. Xislat Pirmatov (O'zbekiston)

3. Abdusalom Salomov (Tojikiston) 

3. Imangazi Kouliev (Qirg'iziston)

Musobaqa yakunlangach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 10 000 000 so'm, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 5 000 000 so'm, ikkita uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 2 500 000 so'm pul, diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.  

Bugun kunning ikkinchi yarmida qozoq kuresi bo'yicha Osiyo chempionati bahslari o'tkaziladi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur Osiyo chempionati O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax viloyat xokimligi, Jizzax viloyati prokraturasi, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.

Alimurod MAMADAMINOV, Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirlarimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing