14 sen 19:30
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				JCH-2025: To'rabek Xabibullaev O'zbekistonga to'rtinchi oltin medalni taqdim etdi!
Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jaxon chempionatining so'nggi kunidan o'rin olgan bellashuvlar bo'lib o'tmoqda.
			Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi o'zining navbatdagi medaliga ega chiqdi.
O'zining debyut jahon chempionatida 90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashayotgan To'rabek Xabibullaev oltin medal yo'lida braziliyalik Isayas Ribeyro bilan to'qnash keldi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan 5:0 hisobida Xabibullaevning g'olib bo'lganini elon qilishdi.
SHu tariqa, 21 yoshli To'rabek O'zbekistonning JCHdagi to'rtinchi oltin medaliga mualliflik qildi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar