14 sen 17:03
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Murodjon Ahmadalievning Naoya Inouega qarshi mutlaq chempionlik jangi to'liq davom etdi
Yaponiyaning Nagoya shahrida joylashgan IG Arena majmuasida yilning uzoq kutilgan professional boks oqshomi nihoyasiga etdi.
			Musobaqaning asosiy bahsida ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue ushbu vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan to'qnash keldi.
12 raundlik chempionlik jangi to'liq davom etdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan 118:110, 118:110 va 117:111 hisobida yapon bokschisining g'alabasini qayd etishdi. Inoue chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qoldi.
SHunday qilib, 30 yashar hamyurtimiz faoliyatidagi 16-jangida 2-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 32 yoshli Naoya esa 31-jangida o'zining 31-g'alabasini nishonladi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar