14 sen 18:20
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - ikki karra Jahon chempioni!
O'zbekiston boks terma jamoasi Liverpulda davom etayotgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida ikkinchi oltin medaliga ega chiqdi.
			Terma jamoamizning 65 kg vazn toifasidagi vakili Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev musobaqa finali doirasida Braziliya sharafini himoya qiluvchi Yuri Reys bilan to'qnash keldi.
Jangda Mo'ydinxo'jaev hakamlar qaroriga ko'ra 4:1 hisobida g'olib bo'ldi.
SHunday qilib, Asadxo'ja 2023 yilgi Toshkent mezbonlik qilgan JCHdan keyin faoliyatida ikkinchi bor dunyo birinchiligida tengsiz bo'ldi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar