27 may 18:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Bogdan Guskov Nikita Krilov bilan jang uchun tayyorgarlikni Yangiobodda boshladi (VIDEO)
Yarim og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov keyingi jangini 26 iyul kuni Abu-Dabida Ukraina vakili Nikita Krilovga qarshi o'tkazadi.
Hamyurtimiz mazkur jang uchun tayyorgarlikning ilk bosqichini o'zi tug'ilib o'sgan Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan Yangiobod shaharchasida boshladi.
Guskov bilan birgalikda uning sparring sherigi va do'sti, mashhur UFC jangchisi Jonni Uokerning ukasi Uolter Uoker ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Malumot uchun, Bogdan Guskov bilan bir oqshomda boshqa bir o'zbekistonlik UFC jangchisi — Ramazon Temirov Qozog'iston vakili Asu Almabaev bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar