So’nggi yangiliklar

18:45Биринчи ракеткамиз Хитой турниридаги юришини бошлади 0 18:24Жавоҳир Синдаров "Номзодлар турнири"ни мағлубиятсиз якунлади 0 18:03Ламин Ямаль ЕЧЛдаги мағлубиятдан сўнг: "Эркак киши сўзида туради" 0 17:42Жавоҳир Синдаров Гукеш билан чемпионлик "жанги" ҳақида гапирди 0 17:21"Фьюрига қарши жанг мен учун чигилёзди машғулот каби бўлади" - Энтони Жошуа 0 17:00Александр Усик Фьюри — Махмудов жангига баҳо берди 0 16:39Дани Ольмо "Атлетико"дан учралган мағлубият ҳақида: "Баҳсли вазиятлар кўп бўлди, биздан ғалабани тортиб олишди" 0 16:18"Ҳеч бўлмаса суратда борман" - Аниш Гири 0 15:57Иржи Прохазка: "Бу менга ғалабани қўлдан чиқаришга сабаб бўлди..." 0 15:36Ҳумоюн Султонов Чин юртидаги турнирда 1/8 финалга чиқди 0 15:15РАСМАН: Осиё Кубоги-2027 қуръа ташлаш маросими санаси ва жойи ўзгарди 0 14:54Усик Фьюри — Жошуа эҳтимолий жанги учун тахмин билдирди 0 14:33Осиё чемпионатининг яккалик баҳсларига қуръа ташланди 0 14:12Жавоҳир ва Бибисара куннинг энг яхшилари бўлишди + ФОТО 0 13:51Маскерано "Интер Майами" бош мураббийи лавозимини тарк этиш сабабини тушунтирди 0

19 iyu 15:06
Yangiliklar

Gimnastika

Yarim asrlik umr muborak, Oksana CHusovitina!

Bugun jahon sporti afsonalaridan biri, Olimpiada chempioni va kumush medali sovrindori, sakkiz bor Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, qator davlat mukofotlari sohibi Oksana CHusovitina 50 yoshga to'ldi.

O'zbek va jahon gimnastikasi yulduzi Barselona-1992 Olimpiadasining oltin, Pekin-2008 Olimpiadasining kumush medali sohibi, jahon chempionatlarining 3 ta oltin, 4 martadan kumush va bronza medallari egasi, Osiyo o'yinlarining 2 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali sovrindori, 8 karra Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, “O'zbekiston iftixori”, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi”, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” faxriy unvonlari, "Do'stlik", “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi hisoblanadi.

Oksana CHusovitina 1975 yil Buxoroda tug'ilgan. U dunyoda sakkizta Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi hisoblanadi. U 1992 yilgi Barselona Olimpiadasida oltin, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgan. Oltin medalni u Sobiq Ittifoq mamlakatlari sportchilaridan tuzilgan jamoa tarkibida, kumush medalni esa Germaniya terma jamoasi uchun olgan. 

1992 yilgi vaziyat o'z-o'zidan tushunarli. 2008 yilgi holat bo'yicha esa bir qancha tushunmovchiliklar, turli variantlar yangraydi.


Germaniyaga ketish

"Opa" 2007 yildan Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qila boshlaydi. Bunga oilaviy masalalar sabab bo'lgan. CHusovitinaning farzandi Alisherda aniqlangan oqqon kasalligi uni Germaniyaga borishga majbur qiladi. Moliyaviy tomonlama qulay taklif olgan Oksana Germaniya sharafini himoya qiladi va Olimpiadada kumush medalga ega chiqadi. Aynan ushbu pullar evaziga uning farzandi kasallikdan halos bo'ladi. 2012 yilgi Olimpiadada ham Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan Oksana 2013 yildan boshlab yana O'zbekistonga qaytadi. CHusovitinaning qaytishida o'sha paytda Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari bo'lgan rahmatli Mirabror Usmonov, shuningdek Bosh kotib Oybek Kasimovlarning ulkan hissasi borligini alohida qayd etish lozim.  

Orzu

CHusovitina O'zbekistonga qaytgach, yana xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qila boshlaydi. Jahon kubogi bosqichlari, Osiyo chempionatlari, Osiyo o'yinlaridagi medallar va boshqa xalqaro turnirlar... U O'zbekiston uchun Olimpiada medalini olishni eng katta orzularidan biri sifatida bir necha bor takrorlab kelgan. Afsuslar bo'lsinki, Rioda ham, Tokioda ham qahramonimizga medal olish nasib etmadi. 

Tokiodagi "bayroqdorlik" va xayrlashuv

Tokioda yodingizda bo'lsa, avvaliga uni bayroqdor sifatida elon qilib, keyinchalik bu sharafli vazifani olib qo'yishgandi. "Nima uchun bayroqdorlikni olib qo'yishganini menga tushuntirishmadi. SHunchaki meni bormasligimni aytishdi, tamom. Motivaciyani o'ldirishdi. Bunday qilish mumkin emas. SHunchaki tushuntirsa bo'ladiku, barchamiz odammiz, tushunamiz", degandi CHusovitina o'shanda. Bunday "chopilish" o'z navbatida jahon OAVida ham katta shov-shuvga sabab bo'lgandi. 

Sportga qaytish

2021 yilning oktyabr oyida CHusovitina yana katta sportga qaytishini va 2022 yilgi (keyinchalik 2023 yilga qoldirilgan) Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishini elon qildi. Oradan biroz muddat o'tib esa Parij Olimpiadasida ham ishtirok etish maqsadi borligi haqida malum qildi. 

2023 yili Xanchjouda o'tkazilgan 19-Osiyo o'yinlarida CHusovitina o'zining sevimli yo'nalishi - tayanib sakrash bahslarida qatnashdi va 4-o'rinni oldi.

Toshkentdagi licenzion turnirda Oksananing chiqishini sport ixlosmandlari kutishgandi. Ammo jarohat bunga yo'l qo'ymadi. Afsonaning ertagi 49 yoshda shu tarzda yakunlandi. 


Natijalar

Olimpiya o'yinlari:

Barselona-1992: oltin

Pekin-2008: kumush


Jahon chempionatlari:

Indianapolis-1991: oltin

Indianapolis-1991: oltin

Indianapolis-1991: kumush

Parij-1992: bronza

Birmingem-1993: bronza

Gent-2001: kumush

Debrecen-2002: bronza

Anahaym-2003: oltin

Melburn-2005: kumush

Orxus-2006: bronza

Tokio-2011: kumush



Osiyo o'yinlari:

Xirosima-1994: bronza

Xirosima-1994: bronza

Pusan-2002: oltin

Pusan-2002: kumush

Pusan-2002: kumush

Pusan-2002: oltin

Inchon-2014: kumush

Jakarta-2018: kumush


Evropa chempionati:

Amsterdam-2007: kumush

Klermon-Ferran-2008: oltin

Berlin-2011: kumush

Bryussel-2012: kumush.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing