21 sen 17:30
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining ikkinchi kunida bitta oltin va bitta bronza!
Ikkinchi kun yakuniga ko'ra, O'zbekiston sport delegaciyasi bitta oltin va bitta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Sovrindorlarimiz:
Abdulvahob Rashidov (karate) - oltin
Nodirbek SHavkatov (MMA) - bronza
Kun davomida sportchilarimiz qayd etgan natijalar bilan ushbu sahifa orqali tanishing:
17:30. 3x3 basketbol. Qizlarimiz Eronga 5:19 hisobida, erkaklar terma jamoamiz esa Xitoy Taypeyiga 12:15 hisobida mag'lub bo'ldi.
17:17. Ushu. Avazbek Mahamadjonov Janubiya Koreya vakilini mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi.
17:00. Ushu. Abdulhamid Odilov eronlik raqibga yutqazdi.
16:15. Ushu. SHaxzoda Azatovaning mo'g'ulistonlik raqibasini muddatidan oldin mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi.
16:00. CHim ustida xokkeychi qizlarimiz Tailandga 1:3 hisobida yutqazishdi.
14:43. Sport gimnastikasi. Ravshan Komiljonov va O'tkirbek Jo'raev dastakli ot dasturida Rasuljon Abdurahimov esa qo'shpoya dasturida musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga yo'l oldi.
14:00. Futbol bo'yicha ayollar terma jamoamiz Gongkong ustidan g'alabaga erishdi — 2:1. Gollarimizga Diyoraxon Xabibullaeva hamda Maftuna SHoyimova mualliflik qildi. SHu tariqa, jamoamiz 5 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinni egallagan holda chorak final masalasini hal qildi.
13:48. Bizda dastlabki oltin!!! -67 kg vazn toifasidagi karatechimiz Abdulvahob Rashidov musobaqa finalida yaponiyalik Yugo Kozakini mag'lubiyatga uchratdi va delegaciyamiz hisobiga ilk oltinni taqdim etdi!
13:15. Suv polosi. Qizlarimiz Singapur terma jamoasiga qarshi bahsda 13:10 hisobida g'alaba qozonishdi. Keyingi raqib — mezbon Yaponiya bo'ladi. Bellashuv ertaga o'tkaziladi.
11:45. O'q otish. Javohir Sohibov 10 m masofaga miltiqdan o'q otish bahslari saralashida 627 ochko to'pladi, biroq bu unga final chiptasi uchun kamlik qildi. SHuningdek, sket dasturida Behruz SHarapov 47 ochko bilan o'n sakkizinchi, Bekzod Abdurahimov 44 ochko bilan o'ttizinchi, Ruslan Utaganov esa 43 ochko jamg'argan holda o'ttiz oltinchi natijani qayd etdi. Endi ular o'z ishtirokini ertangi kun dasturida davom ettirishadi.
10:10. Stol tennisi. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Maldiv 3:0 hisobida mag'lub etildi.
9:50. -71 kg vaznli MMA jangchimiz Nodirbek SHavkatov yarim finalda qozog'istonlik raqibga yutqazdi va Osiyo o'yinlarini bronza medali bilan tugatadigan bo'ldi.
9:45. Karatechimiz Abdulvahob Rashidov iordaniyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi!
9:30. -67 kg vaznli karatechimiz Abdulvahob Rashidov Gonkong va Falastin vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.
9:10. O'q otish. Javohir Sohibov 10 metrga miltiqdan o'q otishda 16-natijani ko'rsatdi. Bu finalga etarli natija emas.
9:00. Stol tennisi. Qizlarimiz guruh bahslarida Mo'g'uliston terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etishdi.
8:30. MMA. Hilola Sobirova Kambodja vakilasini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.
7:30. Triatlonchilarimiz jamoaviy bahslarda 8-o'rinni band etishdi.
7:10. MMA. Firdavs Atamuradov qozog'istonlik raqibni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.
6:15. Suzuvchilarimiz saralash bahslarida qatnashishdi. Natijalar finalga chiqishga kamlik qildi.
21 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
(Toshkent vaqti bilan)
Suzish: Parizod Abdukarimova, Eldorbek Usmonov, Iskandar Sadullaev, Muhammadali Rahmonov.
Triatlon, jamoaviy, final - 5:30 - to'rtlik
O'q otish, 10 metrga miltiqdan: 5:45 - Javohir Sohibov
O'q otish, sket - 6:00 - Ruslan Utaganov
O'q otish, sket - 6:00 - Bekzod Abdurahimov
O'q otish, sket - 6:00 - Behruz SHarapov
Sport gimnastikasi, erkaklar: 6:00 - O'tkirbek Jo'raev
Sport gimnastikasi, erkaklar: 6:00 - Ravshan Komiljonov
Stol tennis, ayollar - 6:00 - O'zbekiston - Mo'g'uliston
MMA, yarim final: 7:00 - Firdavs Atamuratov - Dastan Kanibek Uulu (Qirg'iziston)
MMA, yarim final: 7:40 - Hilola Sobirova - Dalin CHeng (Kambodja)
Stol tennis, erkaklar - 8:30 - O'zbekiston - Maldiv orollari
MMA, yarim final: 8:40 - Nodirbek SHavkatov - Kadirbek SHinbaev (Qozog'iston)
Karate, saralash va final - Abdulvahob Rashidov - Xiu Pan CHeng (Gonkong)
Suv polosi, ayollar: 10:30 - Singapur - O'zbekiston
CHim ustida xokkey, ayollar: 11:00 - O'zbekiston - Tailand
Futbol, ayollar: 12:00 - O'zbekiston - Gonkong
3x3 basketbol, ayollar: 14:05 - Eron - O'zbekiston
Ushu, saralash - 15:00 - SHahzoda Azatova - Michidma Lxagva (Mo'g'uliston)
3x3 basketbol, erkaklar: 15:20 - Xitoy Taypeyi - O'zbekiston
Ushu, saralash - 16:00 - Abdulhamid Odilov - Mahdi Kermani (Eron)
Ushu, saralash - 16:30 - Avazbek Mahamadjonov - Dajae Jung (Janubiy Koreya)
Fikrlar