19 iyu 15:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri va Entoni Joshua jang borasida dastlabki kelishuvga erishdi
Superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempionlari Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'zaro jang o'tkazish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishishdi.
Bu haqda GB News xabar berdi. Manbaga ko'ra, jang 2025 yilning oxirigacha Londondagi mashhur "Uembli" stadionida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Fyuri so'nggi jangini 2024 yil dekabrida Aleksandr Usikka qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan. Bu uning Usikka qarshi ikkinchi mag'lubiyati bo'lgan.
Joshua esa oxirgi marta 2024 yil sentyabrida ringga chiqqan va u erda IBF chempioni Daniel Dyubuaga beshinchi raunddagi nokaut bilan yutqazgan.
Havola :
Manba : GB News
Fikrlar