19 iyu 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ankalaev o'zini sharmanda qilyapti" - sobiq chempion
UFC sobiq chempioni Irji Proxazka - amaldagi chempion Magomed Ankalaev haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Uning tili uzun. Buni u yozganmi, yoki uning menejeri Ali Abdel-Azizmi — men uchun farqi yo'q. U shunchalik ko'p gapirdiki, odamlar uni jiddiy qabul qilmayapti. CHempion bunday gaplar qilmasligi kerak. U o'zini mantiqsiz gaplar bilan sharmanda qilyapti", – dedi Proxazka Fullviolence nashriga.
Proxazka universitet imtihonlari tufayli Ankalaevga qarshi UFC 317 turnirida jang qilishdan bosh tortgandi. Ammo u hali ham titul uchun imkoniyat bo'lishidan umidvor:
"Menejerim hali ham Ankalaevga qarshi jang uyushtirishga harakat qilyapti. Barchasi Pereyra unga qarshi jang qilarmikan, shuga bog'liq", – dedi Proxazka.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar