19 iyu 15:48
Yangiliklar
Sport kurashlari

Yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshlashdi, 2 tasi oltin + FOTOGALEREYA
Vetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boshlandi.
U 23 toifasidagi “klassik” kurashchilarning chiqishi bilan start olgan musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldi. O'z vazn toifalarida Abdulla Aliev va Samandar Bobonazarov Osiyo chempioni bo'lishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar:
-72 kg: Abdulla Aliev
-82 kg: Samandar Bobonazarov
Kumush medal:
-60 kg: Mehroj Bahromov
Bronza medal:
-67 kg: Og'abek Muqimov
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar